Ushbu Internet-sayt mening erkin tarjimonlik faoliyatim haqida ma’lumot beradi. Men huquqshunosman va yuridik yo‘nalishda O‘zbekiston va Germaniyada ta’lim olganman. Kasbiy faoliyatimga qo‘shimcha ravishda o‘zbek, rus va nemis tillari bo‘yicha tarjimonlik xizmatlari ham ko‘rsataman. Saytdan bu haqda tegishli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Tashrifingiz uchun tashakkur.

Samandar Atoev, LL.M.

Tarjimonlik xizmati

O‘zbek, rus va nemis tillarida rasmiy tarjimalar

Tarjimon sifatida Saarbryukken Yer Sudi oldida umumiy qasamyod qabul qilganman. Germaniya Federativ Respublikasi „Sud tizimi to‘g‘risida“gi qonunining 189-moddasiga ko‘ra, ushbu qasamyod butun Germaniya hududida tan olinadi. Ya’ni, men tomonimdan tayyorlangan tasdiqlangan tarjimalar Germaniya Federativ Respublikasi hududidagi sudlarda, davlat idoralarida, o‘quv muassasalarida va boshqa tashkilotlarda rasman tan olinadi.

Kasbiy salohiyat sifat kafolati

Yurist sifatida kasbiy salohiyatim va bilimlarim yuridik matnlarni ularning murakkabligiga qaramasdan yuridik nutq talabiga mos ravishda tarjima qilish imkoniyatini beradi. Yuridik matnlarga qonun matnlari, shartnomalar, yuridik mazmundagi ma’ruzalar, presentatsiyalar (taqdimotlar) va maqolalar misol bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ish yuritish uslubida yozilgan hujjatlar, masalan, rasmiy guvohnoma, ariza va formulyarlar ham yuridik xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar sirasiga kiradi.

Misol tariqasida quyida ayrim shu toifaga kiruvchi matn va hujjat turlarini alohida sanab o‘tish mumkin:

  • qonun matnlari (mas., qonun va qonunosti hujjatlari, yo‘riqnomalar)
  • sud hujjatlari (mas., chaqiruv qog‘ozi, sud qarori, ayblov xulosasi va hukm)
  • shartnomalar (mas., hamkorlik kelishuvi, xalqaro shartnomalar va h.k.)
  • ilmiy-huquqiy nashrlar (mas., huquqiy mavzudagi maqolalar, yuridik xulosalar va qonun sharhlari)
  • tadbirkorlik bilan bog‘liq hujjatlar (mas., tasis hujjatlari, litsenziyalar, sertifikatlar, patent va shu kabilar)
  • davlat organlarining guvohnomalari (mas., Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish – FHDYo, organlari tomonidan beriladigan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik, o‘lim, haqidagi dalolatnomalar va shu kabi hujjatlar)
  • diplom va o‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar (mas., maktab va oliy o‘quv yurtlarining guvohnomalari)

Mening O‘zbekistondagi ko‘p yillik yuridik tajribam hamda Germaniyadagi ta’lim va tadqiqot faoliyatim yuridik til bo‘yicha salohiyatimning asosini tashkil etadi. Bu sizning yuridik matnlaringizni bir tildan ikkinchisiga o‘girishda yuqori sifatni kafolatlaydi.

Tarjima uchun xizmat haqi

Tarjima xizmatlari uchun xizmat haqi bir qator mezonlarga, ya’ni matn turi, uning murakkabligi va hajmi, tarjima uchun sarflanadigan vaqt, taqdim qilingan elektron nusxa formati va shu kabilarga qarab belgilanadi.

Misol uchun, qonun (va undan ko‘chirmalar ham) yoki shartnoma kabi katta hajmdagi matnlar uchun tarjimaning har bir qatoriga qarab haq belgilanadi (standart qatorni hisobga olgan holda). Har bir qatori uchun haq belgilanganda tarjima matni asos qilib olinadi (ya’ni asl matn emas). Hujjatlarning tarjimalari uchun odatda har bir hujjat uchun yoki ba’zan uning har beti uchun alohida ulgurji narx belgilanadi. Kerak bo‘lganda tarjimani tasdiqlash uchun olinadigan badalni ham hisobga olish lozim.

Sizning tarjima uchun muayyan buyurtmangiz haqi qancha bo‘lishini aniq tasavvur qilishingiz uchun iltimosingizga ko‘ra oldindan xizmat haqini (sizga kelishuv majburiyati yuklamagan holda) belgilab berishim mumkin. Buning uchun siz menga tarjima qilinishi lozim bo‘lgan matnni (yoki uning bir qismini) yoki hujjatni elektron pochta (email) orqali yuborishingiz lozim.

Elektron matn va hujjatlarning formatlari

Agar siz fayllarni tahrirlash mumkin bo‘lgan formatda yuborsangiz, bu buyurtmangizning bajarilishiga ketadigan vaqtni ancha qisqartiradi. Bunday formatdagi fayllarga MS-Office (TXT, RTF, DOC, XLS, PPT) va Open Office (ODT, ODS, ODP) kabi dasturlarining formatlari kiradi. HTML, XML yoki grafik fayllarning SVG, XCF kabi formatlari ham qabul qilinishi mumkin.

Rasmiy hujjatlardan qilinadigan tarjimalar uchun hujjatlarning skaner qilingan nusxalarini (elektron shaklda) JPG, PNG va PDF formatlarida yuborishingiz mumkin. Tarjima hujjatning aslidan tayyorlanishi kerak bo‘lgan hollarda, hujjatning aslini menga pochta orqali yuborishingiz yoki shaxsan taqdim qilishingiz mumkin.

Aloqa

Men bilan bog‘lanish uchun quyidagi elektron pochta (email) manzilimga murojaat yo‘llashingiz mumkin:

s.atoev@juristendialog.com


Quyidagi telefon raqami orqali menga murojaat qilishingiz mumkin:

+49(0)174-3554890

(qulayroq vaqt: hafta kunlarida soat 17:30dan 20:00ga qadar)


Men bilan o‘zbek, rus, nemis va ingliz tillarida muloqot qilishingiz mumkin.

Sayt haqida (ma’lumotlar)

Ushbu Internet-saytning tarkibi (undagi ma’lumotlar) uchun javobgar shaxs:

(„Axborot-kommunikatsiya xizmatlari to‘g‘risida"gi (Telemediengesetz – TMG) Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) Qonunining 5-moddasiga hamda „Efirga uzatish to‘g‘risida"gi Davlat Shartnomasining (Rundfunkstaatsvertrag – RStV) 55-moddasi 2-xatboshida belgilangan talablarga muvofiq)

Samandar Atoev, LL.M.

Mühlenstr. 4
66111 Saarbrücken
Deutschland (Germaniya)

Tarjimonlik faoliyati ustidan nazorat organi:

Saarbryukken Yer Sudi (Landgericht Saarbrücken)
Franz-Josef-Röder-Straße 15
66119 Saarbrücken
Tel: +49 (0681) 501-05
Fax: +49(0681) 501-5256
Tarjima xizmatlari ko‘rsatish uchun qayd raqami: 316-2015-0003-S#004 (www.justiz-dolmetscher.de)

Mualliflik huquqlari

Ushbu Internet-saytidagi ma’lumotlar, jumladan, matnlar, suratlar, grafika, audio va video materiallar mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar bilan himoyalanadi. Agar boshqacha tarzda aniq ko‘rsatilgan bo‘lmasa, mualliflik huquqlari menga tegishlidir (aloqa ma’lumotlari yuqorida ko‘rsatilgan).

Ushbu Internet-saytni freym (ing. „frame“) orqali (mas. < iframe > yo‘li bilan) boshqa Internet-saytlarda namoish etish mening yozma roziligimsiz mumkin emas. Agar Siz ushbu Internet-saytdagi materiallardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, men bilan bog’laning (aloqa ma’lumotlari yuqorida ko‘rsatilgan).

Shaxsga taalluqli ma’lumotlar himoyasi

Shaxsga taalluqli ma’lumotlar himoyasi to‘g‘risidagi Yevropa Ittifoqining reglamenti (nem. DSGVO, ing.GDRP) talablariga muvoffiq ushbu Internet-saytda shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga javobgar shaxs Samandar Atoev.

Manzil va bog‘lanish ma’lumotlari uchun ushbu saytning „Aloqa“ va „Sayt haqida“ bo‘limiga qarang.

Shaxsga taalluqli ma’lumotlar

Ushbu Internet-saytdan foydalanish chog‘ida shaxsga taalluqli ma’lumotlar to‘planmaydi.

Men bilan elektron pochta (email) orqali bog‘langaningizda sizning ma’lumotlaringiz sizning murojaatingizga javob qaytarish va/yoki sizga ushbu Internet-sayt orqali taqdim etilayotgan xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida foydalaniladi. Bunga yuqorida ko‘rsatilgan Yevropa Ittifoqi reglamentining 6-moddasi, 1-xatboshi, 1-gap, 1-raqam, f) bandi huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Sizning shaxsingizga taalluqli ma’lumotlarni saqlash uchun ko‘zda tutilgan maqsad o‘z asosini yo‘qotganidan keyin bunday ma’lumotlar o‘chiriladi yoki ulardan foydalanish to‘xtatiladi. Ma’lumotlarni dalil sifatida saqlab qo‘yish majburiyati yoki ma’lumotlarni saqlab qo‘yish uchun qonun bilan belgilangan majburiyat mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.

[Serverga] Bog‘lanish ma’lumotlari (Server-Log Files)

Ushbu Internet-saytga tashrif buyurganingizda Internet-brauzeringiz xosting-provayderiga quyidagi ma’lumotlarni yuboradi:

  • Internet-brauzeringizning turi / versiyasi
  • foydalanilayotgan operatsion tizimingiz
  • [sizni ushbu saytga] yo‘llovchi manba (Referrer URL)
  • serverga so‘rov yuborilgan kun va vaqt

Ushbu ma’lumotlar server jurnallarida (Server-Log Files) saqlanadi va shaxsiy ma’lumotlar bilan birlashtirilmaydi.

Ushbu Internet-saytida kuki-fayllari (Cookies) ishlatilmaydi.

© Samandar Atoev, 2016 – 2019